KRASNENKOV PAVEL IVANOVICH

     

        Mayor Krasnenkov Pavel Ivanovich, 1921-yil 16-iyunda Gorkiy viloyati Knyaginskiy tumani Slotino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1958-yilda Toshkent pedagogika institutini tamomlagan.

        1941-yil iyun oyida Stalingrad, Volxov, Boltiqbo‘yi, Kuban va Bryansk frontlari 293-qiruvchi aviatsiya polkida aviamexanik lavozimida xizmatni boshlagan. 1944-yil mart oyida Telovskaya boshlang‘ich uchuvchilar maktabiga kursant sifatida o‘qishga qabul qilinadi. U yerda 1945-yil iyun oyiga qadar tahsil olgan so‘ng Rustav aviatsiya qiruvchi-uchuvchilar maktabiga (Gruziya SSR) o‘tkazilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jasurligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI