KOVIRSHIN ROMAN STEPANOVICH

     

        Leytenant Kovirshin Roman Stepanovich, 1912-yil 18-iyulda Saratov viloyatining Rodnikov tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang‘ich, qishloq maktabining 4-sinfini tamomlagan.

        1941-yil avgust oyidan 1942-yil fevral oyigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo harbiy okrugi 47-o‘qchilar polki 53-o‘qchi diviziyasi 3-rota starshinasi sifatida xizmat o‘tagan. 1942-yil avgust oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugi kichik leytenantlar kursini tamomlaganidan so‘ng 89-o‘qchi brigadasining (Mashxad sh., Eron) alohida avtomatchilar bataloni rota komandiri o‘rinbosari etib tayinlanadi. 1943-yil dekabrdan 1944-yil aprelgacha – O‘rta Osiyo harbiy okrugining 17-zaxira ofitserlar polkining vzvod komandiri. 1945-yil may oyigacha 2-Ukraina fronti 429-o‘qchi polki 52-o‘qchi diviziyasi rota komandiri bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Belgradni ozod qilganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“BELGRADNI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI