KOTOV VIKTOR PETROVICH
Starshina Kotov Viktor Petrovich, 1911-yil 5-sentyabrda Kuybishev viloyati, Podbelskiy tumani, Maliy-Tolkay qishlog‘ida tug‘ilgan, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1920-yilda boshlang‘ich maktabni tamomlagan.
1933-yil noyabr oyida 123-artilleriya polkida (Toshkent sh.) oddiy askar, kursant, keyinchalik kichik komandir sifatida xizmatni boshlagan. 194-yil avgust oyidan 1945-yil sentabr oyigacha 16-alohida kimyoviy batalon (35287-harbiy qism, Xabarovsk o‘lkasi, Birobidjan sh.) transport bo‘linmasi komandiri bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.