KOTOV STEPAN ALEKSEYEVICH

     

        Mayor Kotov Stepan Alekseyevich, 1908-yil 1-mayda Kuybishev viloyati Sergievskiy tumani Lipovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1920-yilda qishloq maktabini tamomlagan.

        1942-yil avgustda Moskva harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limiga yuborilgan. 1942-yil sentabr oyidan 1944-yil aprel oyigacha bo‘lgan davrda G‘arbiy frontning 41 va 39-Armiyalari 262-o‘qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi. 1945-yil may oyigacha 225-zenit artilleriya polkiga xizmat ko‘rsatuvchi 2-Belorussiya frontining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I darajali Vatan urushi”, “Lenin” ordenlari, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI