KOSTIN MIXAIL YEGOROVICH

       

        Podpolkovnik Kostin Mixail Yegorovich, 1925-yil 29-martda Chkalov viloyati, Matveyev tumani Zubarevka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1956-yilda Buxoro shahridagi 5-sonli o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1943-yil fevral oyidan 1945-yil yanvar oyiga qadar Xarkov kimyoviy himoyalash harbiy bilim yurti kursanti. 1945-yil may oyigacha 2-Ukraina frontining 4-gvardiya havo-desant diviziyasi 7-alohida rota kimyoviy himoyalash vzvodi komandiri lavozimida xizmatni o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI