KORNILOV BORIS VLADIMIROVICH

     

        Mayor Kornilov Boris Vladimirovich, 1915-yil 8-aprelda Leningradda tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1932-yilda O‘rta Osiyo aloqa texnikumini tamomlagan.

        1940-yil fevralda O‘zSSR IIXK 2-maxsus bo‘limi “VCH” guruhining texnik xodimi sifatida xizmatni boshlagan.
1942-yil avgust oyida G‘arbiy frontning IIXK hukumat aloqasi bo‘limiga katta texnik sifatida yuborilgan. 1943-yil iyun oyidan 1945-yil may oyiga qadar 3-Belorus va 1-Ukraina frontlari
31-Armiyasining hukumat aloqasi bo‘limida stansiya boshlig‘i bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil”  medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI