KONDRATEV ANATOLIY PETROVICH

     

        Polkovnik Kondratev Anatoliy Petrovich, 1909-yil
15-noyabrda Volgograd shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1952-yilda Nukus pedagogika institutini sirtdan tamomlagan.

        1943-yil iyul oyida Bryansk va 2-Boltiqbo‘yi janubiy frontlari /8-HTRB/ qismlari va maxsus tuzilmalari temir yo‘l DXXK transport bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan, shu yilning dekabr oyida O‘zSSR DXXK ixtiyoriga o‘tkazilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI