KOLYUSHEV IVAN AFANASEVICH

     

        Mayor Kolyushev Ivan Afanasevich, 1918-yil 6-noyabrda Moskva viloyati Shaxovskiy tumani Kosilovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda Toshkentdagi o‘rta maktabni tamomlagan.

        1939-yil sentabr oyida Toshkent harbiy-piyodalar bilim yurtini tamomlaganidan so‘ng O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi sifatida 15-alohida armiya razvedka eskadroni, so‘ngra 352-qiruvchi aviatsiya polkiga xizmat qilish uchun yuborildi. 1944-yil mart oyidan 1-Belorussiya fronti 16-havo armiyasi 273-qiruvchi aviatsiya diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi bo‘lib xizmatni o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil”  medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI