KOLYUJNOV ALEKSANDR IGNATEVICH
Serjant Kolyujnov Aleksandr Ignatevich, 1915-yilda Saratov viloyatining Samoylov tumani, Kreynichki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, o‘rta maktabning 6-sinfini tamomlagan.
Xizmatni 1941-yilda G‘arbiy frontning 35-alohida brigadasi 2-batareyasi aloqachi askari sifatida boshlagan. 1942-yildan 1945-yilgacha 206-zaxira o‘qchi polkining aloqachi askari (Mitishi sh., Moskva viloyati). 1945-yilda 300-alohida liniya aloqa bataloni (Kiev sh.) bo‘linma komandiri bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “III darajali Shon-sharaf” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.