KOLOV VASILIY GAVRILOVICH

     

       Podpolkovnik Kolov Vasiliy Gavrilovich, 1916-yil 12-martda Omsk viloyati Golushmanskiy tumani Ust-Lamenskoy qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1932-yilda Sverdlovsk viloyatining 72-sonli zavodi qoshidagi fabrika-zavod shogirdlik maktabini, 1956-yilda Kogon ofitserlar uyi qoshidagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1941-yil iyul oyida IIXK Toshkent o‘lkalararo maktabini tugatgach, O‘zSSR DXXK 5-bo‘linmasi operativ xodimi etib tayinlanadi. 1943-yil may oyida 1 va 2-Ukraina fronti 138-o‘qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida katta operativ xodim. 1944-yil avgust oyidan 1945-yil iyun oyiga qadar 1 va 4-Ukraina frontlarining 138-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI