KOLOMITOV LEV NIKOLAYEVICH
Katta leytenant Kolomitov Lev Nikolayevich, 1916-yil 7-martda Saratov shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1958-yilda Toshkent moliya-iqtisod institutini tamomlagan.
1937-yil oktabr oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugining 204-alohida tank bataloni 10-engil tank polkida kinomexanik lavozimida xizmatni boshlagan. 1941-yil noyabr oyidan dekabr oyiga qadar G‘arbiy frontning 34-maxsus o‘qchilar brigadasi kino-radiomexanigi. Yaralanganligi sabab 1941-yil dekabr oyidan 1942-yil iyun oyigacha 1586-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng 342-sonli harbiy omborga radio ustasi sifatida yuborilgan. 1943-yil sentabr oyidan 1946-yil oktabr oyigacha O‘zSSR DXXK “B” bo‘limining 61-sonli radiostansiyasi kichik texnik xodimi bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.