KOLESNIKOV GEORGIY NIKITICH

 

        Podpolkovnik Kolesnikov Georgiy Nikitich, 1921-yil 12-aprelda Qozog‘iston SSRning Taldiqo‘rg‘on viloyati, Olako‘l tumani Chistopolsk qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1953-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        1941-yilda 82-o‘qchi diviziya 210-o‘qchi polkida (Mo‘g‘uliston) kichik komandir lavozimida xizmatni o‘tagan. 1941-yil noyabr oyida Chita viloyati Sretensk shahridagi harbiy piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagach, 9-havo desant korpusining 21-havo desant bataloni vzvod komandiri etib tayinlanadi. 1942-yil avgust oyidan 1943-yil yanvar oyiga qadar Stalingrad frontining 36-gvardiya o‘qchi diviziyasi 106-gvardiya o‘qchi polki batalon komandiri o‘rinbosari. 1943-yil mart oyigacha Stepnoy frontining 33-o‘qchi diviziyasi 84-gvardiya o‘qchi polki shtab boshlig‘ining yordamchisi bo‘lgan. 1943-yil mart oyidan iyul oyiga qadar 2573-sonli evakuatsiya gospitalida (Molotov sh.) davolanishda bo‘lgan. 1943-yil dekabr oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi shtabining kadrlar bo‘limi zaxirasida turgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmalari uchun”, “Jamoat tartibini saqlashdagi a’lo xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDAGI A’LO XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI