KOLCHIN VASILIY IVANOVICH

   

        Katta leytenant Kolchin Vasiliy Ivanovich, 1922-yil 30-iyulda Mordoviya ASSRning Bolshe-Bereznikovskiy tumani Narley qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda qishloq maktabini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yil may oyida 18-havo o‘qchi-radistlar diviziya maktabida kursant sifatida boshlagan. 1942-yil aprel oyidan 1944-yil sentabr oyiga qadar G‘arbiy, 2-Belorus va 1-Boltiqbo‘yi frontlaridagi jangovar harakatlarda qatnashgan 813-chi alohida artilleriya razvedka divizioni katta ovoz o‘lchagichi. 1944-yil sentabr oyida Ural harbiy okrugining 29-zaxira o‘qchi polki o‘qchi bo‘linma komandiri etib tayinlangan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI