KOCHUBEYNIK YAKOV KONSTANTINOVICH

     

        Leytenant Kochubeynik Yakov Konstantinovich, 1917-yil 30-martda Ukraina SSRning Vinnitsa viloyati, Kazatinskiy tumani Ovsyaniki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1936-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1941-yil noyabr oyida Bryansk frontining 6-gvardiya o‘qchi diviziyasi 4-gvardiya o‘qchi polki o‘qchi vzvodi komandiri, keyinchalik o‘qchi rotasi komandiri o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qiladi. 1942-yil oktabr oyidan dekabr oyigacha yaralanganligi sababli Tambovdagi gospitalda davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng 1-Ukraina frontining 6-gvardiya o‘qchi armiyasi 73-gvardiya o‘qchi diviziya 219-gvardiya o‘qchi polkiga rota komandiri etib jo‘natiladi. 1943-yil avgustda, og‘ir jarohatdan so‘ng, davolanish uchun 5908-sonli gospitalga (Kuybishev sh.) yotqizilgan va u yerdan sog‘lig‘i sababli Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga bo‘shatilgan.