KOCHKELDIYEV SHANIYAZ DALIYEVICH

     

        Podpolkovnik Kochkeldiyev Shaniyaz Daliyevich, 1918-yil 1-yanvarda Turkmaniston SSRning Chorjo‘y viloyati Karlyuk tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1955-yilda Stalinobod pedagogika institutini tamomlagan.

       1940-yil oktabr oyidan 1941-yil iyun oyigacha Kamenets-Podolsk shahridagi 164-o‘qchi diviziya 620-o‘qchi polkida Qizil armiya askari sifatida xizmat qilgan. 1941-yilda Janubiy-g‘arbiy frontning 164-o‘qchi diviziyasi 620-o‘qchi polki qizil askari. Yaralanganligi sabab 1941-yil avgust oyidan 1942-yil fevral oyigacha 1589-sonli gospitalda (Astraxan sh.) davolanishda bo‘lgan, u yerdan kasalligi sababli Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I, II, va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI