KOCHETKOV NIKOLAY FEDOROVICH

   

        Katta serjant Kochetkov Nikolay Fedorovich, 1925-yil 6-oktabrda Saratov viloyatining Lopatinskiy tumanida tug‘ilgan, millati rus, Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1943-yil fevral oyida Boltiqbo‘yi harbiy okrugining 1-Gorkov tank maktabini tamomlaganidan so‘ng 3-Boltiqbo‘yi frontining 16-alohida tank brigadasiga haydovchi-mexanik sifatida yuborilgan. 1944-yil yanvar oyidan mart oyiga qadar yaralanganligi sababli Pskov shahridagi dala gospitalida davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng 3-Boltiqbo‘yi frontining 511-alohida tank polkida, so‘ng 33-alohida gvardiya polkida haydovchi-mexanik lavozimida xizmatni o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI