KOCHERGANOV PETR YAKOVLEVICH

        Podpolkovnik Kocherganov Petr Yakovlevich, 1924-yil 2-avgustda Kuybishev viloyati Kuzovatovskiy tumani Tomilova qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1943-yilda Farg‘ona shahridagi 6-sonli o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

       1943-yil avgustda 2-Turkiston pulemyotchilar bilim yurtiga kursant sifatida o‘qishga kiradi. O‘quv yurtini bitirganidan so‘ng, Belorussiya frontining 3-zarbdor armiyaning 265-Viborg diviziyasi 941-o‘qchi polki vzvod komandiri etib  tayinlanadi. U yerda 1945-yil maygacha xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “I va II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20, 30 va 40 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI