KOBULOV AMAYAK ZAXAROVICH

     

        General-leytenant Kobulov Amayak Zaxarovich, 1906-yilda Gruziya SSRning Tbilisi shahrida tug‘ilgan, millati arman.

        1927-yil oktabrda davlat xavfsizligi idoralarida xizmatni boshlagan. 1935-yildan 1938-yilgacha Gruziya SSR IIXK bo‘linmasi boshlig‘i, Gruziya SSR IIXK Axalsix va Gagrin tumanlari bo‘limi boshlig‘i, keyinchalik Abxaziya ASSR IIXK boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 1939-yilga qadar Ukraina SSR Xalq Komissarining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 1939-yildan 1941-yilgacha – Germaniyadagi elchixona maslahatchisi. 1941-yildan 1943-yilgacha O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari bo‘lgan. 1951-yilgacha IIXK harbiy asirlar va ushlab qolinganlar (qurolsizlantirilganlar) bilan ishlash bosh boshqarmasi operativ bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, boshlig‘i lavozimlarida xizmat olib borgan.

        Xizmat faoliyati davomida “Qizil bayroq” ordeni bilan mukofotlangan va “BFK-BSB faxriy xodimi” nishoniga ega.

“QIZIL BAYROQ” ORDENI