KLIMOV NIKOLAY VASILYEVICH

     

        Podpolkovnik Klimov Nikolay Vasilyevich, 1923-yil 4-sentabrda, Qozog‘iston SSR Janubiy Qozog‘iston viloyati Lenger tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1963-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

        1942-yil may oyida Olmaota harbiy-pulemyotchilar bilim yurtini tamomlaganidan so‘ng, Stalingrad frontining 26-tank korpusi 14-motoo‘qchi brigadasida vzvod komandiri lavozimida xizmat qilgan. Yaralanganligi sababli 1942-yil noyabr oyidan 1943-yil mart oyigacha 3302-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng Stalingrad va Donskoy frontlari 35-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 102-o‘qchilar polkida vzvod komandiri etib tayinlangan. 1944-yil yanvar oyida Janubiy-g‘arbiy frontning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ kurslarini tugatgandan so‘ng, 1-Belorus frontidagi 8-armiya 57-gvardiya o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining operativ vakili bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan

 

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI