KLIBLEV XAMID MUXAMEDJANOVICH

     

        Kichik leytenant Kliblev Xamid Muxamedjanovich, 1913-yil 25-iyulda Ryazan viloyati, Sasovskiy tumani Bastanovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1927-yilda Andijon shahridagi o‘rta maktabning 7-sinfini, 1932-yilda Andijon paxtachilik texnikumini tamomlagan.

        1941-yil iyul oyidan 1942-yil iyun oyigacha bo‘lgan davrda Shimoli-G‘arbiy va G‘arbiy frontlarning 316-o‘qchi diviziyasi 1075-o‘qchi polki maxsus bo‘limida operativ xodim yordamchisi sifatida xizmat o‘tagan, undan so‘ng Andijon viloyati IIXK idoralariga yuborilgan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI