KISELYEV BORIS SERGEYEVICH

   

        Mayor Kiselyev Boris Sergeyevich, 1915-yil 14-martda Gorkov viloyati Kulebaki shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1930-yilda Kulebaki shahridagi 1-sonli o‘rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.

        1940-yil sentabr oyida IIXK Mogilev o‘lkalararo maktabiga o‘qishga kiradi, o‘qishni tamomlagandan so‘ng Belorussiya SSR IIXK Grodno shahar bo‘limi siyosiy bo’limi bo‘linmasida operativ vakilning yordamchisi etib tayinlanadi. 1941-yil iyul oyidan 1942-yil avgust oyiga qadar Janubi-G‘arbiy front 21-Armiya 81-o‘qchi diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili. 1942-1943-yillarda Stalingrad va Donskoy frontlari IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili. 1943-yil yanvar oyidan 1944-yil aprel oyiga qadar Janubi-G‘arbiy front 27-gvardiya o‘qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili. 1944-yilda 3-Ukraina fronti 27-gvardiya o‘qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida katta operativ xodim. 1944-yil noyabr oyidan 1945-yil may oyigacha 1-Belorussiya fronti 27-gvardiya o‘qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida katta operativ xodim sifatida xizmat olib borgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varashavani ozod etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI