KISELEV SERGEY IVANOVICH
General-mayor Kiselev Sergey Ivanovich, 1913-yilda Tula viloyati Kurkinskiy tumani Maxovoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus.
1939-1940 yillarda IIXK Moskva militsiya maktabi kursanti bo‘lgan. 1941-yilga qadar IIXK Ankerman shahar boshqarmasining (hozirgi Belgorod, Odessa viloyati) iqtisodiyot bo‘limi operativ vakili bo‘lib ishlagan. 1941-yildan 1942-yilgacha IIXK Ankerman shahar boshqarmasining maxfiy-siyosiy bo‘limi bo‘linmasida operativ vakil. 1942-yil dekabr oyida Stalingrad fronti IIXK maxsus bo‘limiga jo‘nab ketadi.