KISELENKO VIKTOR NIKOLAYEVICH

     

 

        Kichik serjant Kiselenko Viktor Nikolayevich, 1924-yil 20-martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati rus, 1940-yilda Toshkent viloyatining Orjonikidze tumanidagi 2-sonli o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1943-yil yanvarda Volgabo‘yi harbiy okrugining 101-zaxira o‘qchi polki 1-o‘qchi bataloni 2-o‘qchi rota qizil askari sifatitda xizmatni boshlagan. 1943-yil may oyidan avgust oyiga qadar Markaziy frontning 28-o‘qchi diviziyasi 92-o‘qchi polkida oddiy askar. Shu yilning avgust oyida yaralanib, 1649-sonli evakuatsiya gospitalida (Penza sh.) davolanadi. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng 1-Belorus frontining 23-o‘qchi diviziyasi 89-o‘qchi polkiga yuborilgan. 1944-yil iyun oyidan 1945-yil mart oyigacha 38029-sonli evakuatsiya gospitalida (Bryansk viloyati) davolangan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI