KIRILOV PAVEL NIKONOROVICH

   

        Kapitan Kirilov Pavel Nikonorovich, 1922-yil 14-iyunda Qozog‘iston SSRning Kokchetau viloyati Shchuchinsk shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Borovskiy o‘rmon xo‘jaligi texnikumini, 1951-yilda DXVning Toshkent o‘lkalararo maktabini tamomlagan.

        1941-yil may oyidan 1942-yil noyabr oyigacha bo‘lgan davrda 53-sonli o‘quv aviaeskadrilya (Petropavlovsk sh.) kursanti bo‘lgan. 1944-yil aprel oyiga qadar Bryansk fronti tungi bombardimonchilar 640-aviatsiya polki uchuvchisi bo‘lib xizmat qiladi. 1944-yil aprel oyidan 1945-yil may oyiga qadar 2-Belorussiya fronti 4-havo armiyasi 327-bombardimonchi aviatsiya diviziyasining aloqa boshqarmasi zveno komandiri bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni va “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI