KEYFMAN YURIY YEFIMOVICH

     

       Katta serjant Keyfman Yuriy Yefimovich, 1912-yil 5-yanvarda Ukraina SSRning Vinnitsa viloyatida tug‘ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 4-sinfni tamomlagan. 1934-yildan 1936-yilgacha qizil armiya safida muddatli xizmatni o‘tagan.

        1941-yil sentabr oyidan 1945-yil dekabr oyigacha Lvov harbiy okrugida ikki marta Qizil Bayroq, Aleksandr Nevskiy va Bogdan Xmelnitskiy ordenlarini olishga muvaffaq bo‘lgan 16-gvardiya minomyotchi polkining jangovar mashinasi haydovchisi bo‘lgan, Moskva ostonalarida, Kalinin va Ukraina frontlarida bo‘lgan janglarda qatnashgan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 30 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI