KAVERZNEYEV MIXAIL KIRILLOVICH

     

        General-mayor Kaverzneyev Mixail Kirillovich, 1905-yilda Ukraina SSRning Odessa shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1922-yilda temiryo‘l kasb maktabini, 1933-yilda Odessa energetika institutinig 2-bosqichini tamomlagan.

         1941-yilning avgust oyida IIXK Moskva viloyat boshqarmasi eksper-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i bo’lgan. 1942-yilning iyun oyidan 1943-yilning may oyiga qadar IIXK Moskva viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 1943-yilning may oyidan IIXK O‘zSSR xalq komissari lavozimlarida xizmat qiladi. 1945-yilning fevral oyidan 1947-yilning yanvar oyiga qadar IIXK Kuybishev viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib boradi. 

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Shon-sharaf belgisi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “I darajali Vatan urushi partizaniga” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“SHON-SHARAF BELGISI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI VATAN URUSHI PARTIZANIGA” MEDALI