KATKOV PETR KONDRATEVICH
Oddiy askar Katkov Petr Kondratevich, 1911-yilda Chkalov viloyatining Buguruslanskiy tumanidagi Staro-Nagatkino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, qishloq maktabining 5-sinfini tamomlagan.
Xizmatni 1939-yilning iyul oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugida IIXK 31-filmobaza haydovchiligidan boshlagan. 1941-yilning oktabr oyidan 1945-yilning may oyiga qadar Leningrad va 1-Belarus frontlari tarkibidagi 6-gvardiya minomyotchilar brigadasida jangovar mashinalar haydovchisi lavozimida xizmat qiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun” “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.