KASYANOV YEVGENIY NIKOLAYEVICH

 

        Mayor Kasyanov Yevgeniy Nikolayevich, 1912-yil 17-sentabrda Perm shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1930-yilda o‘rta maktabning 9-sinfini, 1940 yilda IIXK Toshkent o‘lkalararo maktabini tamomlagan.

        1940-yilning avgust oyida o‘quv muassasasini tamomlagandan so‘ng 52-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limiga operativ vakil yordamchisi lavozimiga tayinlanadi. 1941-yilning dekabr oyidan 1943-yilning dekabr oyiga qadar 14-armiyaning 10-gvardiya o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ vakili lavozimida faoliyat olib boradi. 1945-yilning aprel oyiga qadar 32-armiyada “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi 2-bo‘inmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni,  “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Zapolyare mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ZAPOLYARE MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI