KASHLAYEV NIKOLAY TIMOFEYEVICH

     

        Podpolkovnik Kashlayev Nikolay Timofeyevich, 1921-yil 12-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1944-yilda Ural harbiy aloqa bilim yurtini tamomlagan.

        1941-yilda Leningrad fronti tarkibidagi 265-o‘qchilar diviziyasining 685-alohida aloqa batalonida raidostansiya boshlig‘i, 1941-yilning noyabr oyidan 1942-yilning may oyiga qadar Volxov fronti tarkibidagi 8-armiyaning 220-armiya zaxira o‘qchilar polkida vzvod komandiri yordamchisi lavozimlarida xizmat qiladi. 1942-yilda Volxov fronti tarkibidagi 8-armiyaning kichik leytenantlar kursi kursantligiga qabul qilinadi. 1943-yilning fevral oyiga qadar Volxov fronti tarkibidagi 8-armiyaning 220-zaxiradagi o‘qchilar polkida klub boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. 1944-yilning fevral oyida Ural harbiy aloqa bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Janubiy Ural harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limiga operativ vakil etib tayinlanadi. 1944-yilning aprel oyidan 1945-yilning mart oyiga qadar Ural harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limiga 70-alohida avtobatalonga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operativ vakil lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI