KARYAGIN NIKOLAY ALEKSANDROVICH

        Mayor Karyagin Nikolay Aleksandrovich, 1923-yil 18-dekabrda Ulyanov viloyatining Ignatovskiy tumanidagi Chertanovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Samarqand irrigatsiya yer tuzilishi texnikumini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning oktabr oyida Moskva harbiy okrugining 9-havo desanti korpusidagi 20-havo desanti brigadasining kichik komandirlar maktabi kursanti sifatida boshlaydi. 1942-yilning mart oyida 9-havo desanti korpusidagi 21-havo desanti brigadasiga bo‘linma komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1942-yilning avgust-noyabr oylarida 1-gvardiya armiyasining 3-gvardiya to‘suvchi otryadida bo‘linma komandiri o‘rinbosari, keyinchalik Stalingrad fronti tarkibidagi 49-o‘qchilar diviziyasining 222-o‘qchilar polkida bo‘linma komandiri o‘rinbosari lavozimlarida xizmatni davom ettiradi. 1942-yilning noyabr oyidan 1943-yilning iyun oyiga qadar janglarda ikki marotaba jarohat oladi va evakuatsiya gospitallarida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng Volgabo‘yi harbiy okrugining 2-Kuybishev piyodalar bilim yurti kursantligiga qabul qilinadi va u yerda 1945-yilning may oyiga qadar vzvod komandiri lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI