KARIMOV MASXUT ABDULLOVICH

   

        Katta leytenant Karimov Masxut Abdullovich, 1923-yil 10-sentabrda Kuybishev viloyatining Kamishlinskiy tumanidagi Novo-Usmanovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1952-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1942-yilning yanvar-aprel oylarida Markaziy front tarkibidagi 4-zarbdor aviabrigadasi 15-alohida aloqa polkining 52-alohida aloqa rotasida radiotelegrafist lavozimida xizmat qiladi. 1942-yilda Moskva harbiy okrugi harbiy havo kuchlarining 3-alohida zaxiradagi aloqa polkida katta radiotelegrafist, 1942-yilning noyabr oyidan 1943-yilning fevral oyiga qadar Bryansk fronti tarkibidagi 15-havo armiyasi 278-qiruvchi aviatsiya diviziyasining 235-alohida aloqa rotasida katta radiotelegrafist, 1945-yilning may oyiga qadar 1 va 2-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 15-havo armiyasi Kalilin nomidagi 15-alohida aloqa polkida 537-alohida aloqa batalonida radiostansiya boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI