KANISHEV GRIGORIY ANISIMOVICH

     

         Katta leytenant Kanishev Grigoriy Anisimovich, 1906-yil 29-sentabrda Tambov viloyatitining Shapkinskiy tumani Kulyabovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1939-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1941-yilda O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXX maxsus bo‘limi operativ vakili lavozimida xizmat boshlaydi. 1941-yilning noyabr oyidan 1942-yilning iyun oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXX maxsus bo‘limi shifrovalchilik qilgan.1942-yilning iyun oyiga kelib, Shimoliy Kavkaz va Kavkazorti frontlari tarkibidagi IIXX maxsus bo‘limining shifr bo‘linmasiga shifrovalchi lavozimiga tayinlanadi. 1943-yilning iyun oyidan 1944-yilning avgust oyiga qadar 3-Ukraina fronti tarkibidagi 37-o‘qchilar korpusida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi kotib-shifrovalchisi, keyinchalik operativ vakili lavozimlarida xizmat qiladi. 1945-yilning dekabr oyiga qadar 3-Ukraina fronti tarkibidagi 37-armiyaning 96-tankchilar brigadasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili lavozimida xizmatni davom ettiradi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI