KALASHNIKOV DANIL MIXEEYEVICH

     

        Kapitan Kalashnikov Danil Mixeeyevich, 1919-yil 27-dekabrda Buryatiya-Mongoliya ASSRning Muxor-Shibirskiy tumanidagi Nikolsk qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda Petrovsk-Zabaykalsk pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

        Xizmatni 1939-yilning oktabr oyida 1-alohida Uzoq Sharq Qizil armiyasining 3-alohida motoponton rotasida qizil armichi sifatida boshlagan. 1941-yilning oktabr oyidan 1942-yilning dekabr oyiga qadar Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 1-alohida niqoblangan (maskirovka qilingan) rotasida bo‘linma komandiri, 1943-yilning noyabr oyiga qadar Volgabo‘yi harbiy okrugi 11-zaxira o‘qchilar brigadasining 79-o‘quv minomyotchilar polki kursanti bo‘lgan. 1943-yilning noyabr oyidan 1944-yilning noyabr oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi 359-Yarsev, Lvov diviziyalarida piyoda razvedkachilar guruhi divizionida bo‘linma komandiri lavozimida xizmat qiladi. Janubiy Ural harbiy okrugidagi Chkalov zenit-artilleriya bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1945-yilning avgust oyida tamomlab, DXV Toshkent kontrrazvedka maktabi tinglovchiligiga qabul qilinadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI