JURAVLYOV VITALIY MEFODEYEVICH

     

     

        Podpolkovnik Juravlyov Vitaliy Mefodeyevich, 1916-yil 16-dekabrda Kirovograd viloyatining Novo-Mirgorod shahrida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti oliy, 1937-yilda Gorlovka shahridagi tog‘-kon texnikumini, 1953-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        1941-yil iyulda IIXKning Toshkent o‘lkalararo maktabini tamomlagandan so‘ng IIXK O‘zSSR Jalolqudud tumanlararo bo‘linmasiga operativ vakil lavozimiga tayinlanadi. 1941-yilning sentabr oyida O‘zSSR IIXKga zaxirasiga kelib, iqtisodiyot bo‘limining 2-bo‘linmasi tergovchisi lavozimida xizmat qilgan. 1942-yiling avgust oyidan 1943-yilning fevral oyiga qadar O‘zSSR IIXK iqtisodiyot bo‘limining 2-bo‘linmasi operativ vakili,
1944-yilning mart oyiga qadar Ukraina SSR DXXK 2-boshqarmasida operativ vakil, 1944-yilning mart oyidan boshlab esa Ukraina SSR DXXK 2-boshqarmasi 3-bo‘limi 3-bo‘linma katta operativ vakili, kotibiyat boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI