JURAVLYOV IVAN PETROVICH

     

        Mayor Juravlyov Ivan Petrovich, 1913-yil 2-mayda Voronej viloyatining Xleyevenskiy tumanidagi Elets-Malanino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1926-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1941-yilning iyul oyidan 1942-yil may oyiga qadar Kalinin fronti tarkibidagi 22-armiyaning 185-o‘qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo‘limida operativ vzvod komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1942-yilda Kalinin fronti tarkibidagi 185-o‘qchilar diviziyasiga IIXK maxsus bo‘limi komendanti lavozimiga tayinlanadi. 1942-yilning sentabr oyida Kalinin va Belorus frontlari tarkibidagi 22-armiyaning 185-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili bo‘lgan. 1944-yilning avgust-oktabr oylarida jangda jarohatlanib, 1112-sonli dala gospitalida davolanadi. 1945-yilning avgust oyiga qadar 1-Belorus fronti tarkibidagi 47-armiyada “SMERSH”  kontrrazvedka bo‘limining axloq tuzatish rotasiga xizmat ko‘rsatuvchi operativ vakil etib jo‘natiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI