JILYAKOV MIXAIL MIXAYLOVICH

       Mayor Jilyakov Mixail Mixaylovich, 1925-yil 8-noyabrda Orenburg viloyatining Belozerskiy tumanidagi Ivanovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1954-yilda Buxoro kechki o‘rta maktabini tamomlagan.

      Xizmatni 1942-yilning dekabrida O‘rta Osiyo harbiy okrugi qoshidagi snayperlarni tayyorlovchi mohir merganlarning 21-snayperlar okrug maktabi kursantligiga qabul qilinadi. O‘qishni tamomlaganidan so‘ng 10-Ivanovo maxsus o‘quv o‘qchilar brigadasiga jo‘natiladi. 1944-yilning fevral oyidan boshlab, Volxov va 3-Boltiqbo‘yi frontlari tarkibidagi 16-alohida tankchilar brigadasining motorlashtirilgan avtomatchilar batalonida avtomatchi, navodchik yordamchisi, aloqachi, bo‘linma komandiri lavozimlarida xizmat qiladi. 1944-yilning dekabr oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi 16-alohida tankchilar brigadasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi vzvodida bo‘linma komandiri lavozimida faoliyat olib boradi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALII

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI