JERNOKLEYEV IVAN IVANOVICH

 

     

        Mayor Jernokleyev Ivan Ivanovich, 1919-yil 25-avgustda Kursk viloyatining Novo-Oskolskiy tumani Oskolskoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1957-yilda Ashxobod garnizonidagi ofitserlar uyi qoshidagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

       1941-yilning iyun oyidan 1942-yilning avgust oyiga qadar Kavkazorti harbiy okrugi tarkibidagi 136-o‘qchilar diviziyasida, keyinchalik Janubiy-g‘arbiy fronti tarkibidagi IIXK maxsus bo‘limida operativ vakil yordamchisi, operativ vakil lavozimlarida xizmat qilgan. Jangda og‘ir jarohat olib, 1942-yilning avgust-oktabr oylari davomida 2451-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 1942-yilning oktabr oyidan 1944-yilning dekabr oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi
24-zaxiradagi o‘qchilar brigadasining 211-zaxiradagi o‘qchilar polkida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida operativ vakil, 1944-yilning dekabr oyidan boshlab, O‘rta Osiyo harbiy okrugi 93-alohida o‘qchilar brigadasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida katta operativ vakil lavozimlarida faoliyat olib boradi.  

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALIALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI