IZYUMOV IOSIF IVANOVICH

        Kichik serjant Izyumov Iosif Ivanovich, 1915-yilda Saratov viloyatining Novo-Uzenskiy tumani Petropavlovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati qozoq, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, Aralsk shahridagi boshlang‘ich maktabning 6-sinfini tamomlagan.

     1941-yilning avgust oyidan 1942-yilning oktabr oyigacha 35-otliq artilleriya divizioni (Eron)da haydovchi lavozimida xizmatni o‘taydi. 1943-yilning noyabr oyiga qadar Markaziy front tarkibidagi 1-gvardiya kavaleriya korpusida, 1943-yilning noyabr oyidan 1944-yilning avgust oyiga qadar 1-Belorus fronti tarkibidagi 454-alohida avtobatalonda, 1945-yilning may oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi 3-gvardiya tankchilar armiyasining 77-avtopolkda haydovchilik qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI