IVKIN KUZMA DMITRIYEVICH

 

         Mayor Ivkin Kuzma Dmitriyevich, 1922-yil 7-noyabrda Mordoviya ASSRda tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy,
1937-yilda etti yillik o‘rta maktabni, 1947-yilda Volgograd viloyatidagi Solikamsk tankchilar bilim yurtini tamolagan.

        Xizmatni 1941-yil may oyida Ussuriysk viloyati zaxira polkida va Uzoq Sharq fronti o‘quv batalonida kimyoviy yo‘riqchi lavozimida boshlaydi. 1942-yilning fevral oyidan
1944-yilning avgust oyiga qadar 3-Ukraina frontidagi liniyada 205-o‘qchilar diviziyasining Stalingrad frontidagi batalonida kimyoviy yo‘riqchi, 397-o‘qchilar diviziyasi va 3-alohida zenit diviziyasining
1118-artilleriya polkida vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qiladi. Janglarda
3 marotaba yaralandi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “Qurolli Kuchlariga 30, 40 va 50 yil” medallari bilan bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI