IVANOV VLADIMIR IVANOVICH

         Mayor Ivanov Vladimir Ivanovich, 1910-yil 18-iyunda Arxangelsk viloyatining Mezen shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta.

      1931-yilda Harbiy-havo kuchlari Lipetsk aviamaktabida eskadriliya komandirlari malakasini oshirish aviatsiya kurslarida tahsil olgan. 1933-yilning iyul oyida BBSB 18-aviaotryad qo‘shinlarida (Irkutsk viloyati) kichik uchuvchi lavozimida xizmat qiladi. 1935-yilning fevral oyidan 1938-yilning sentabr oyiga qadar 18-aviaotryadda qism komandiri bo‘lgan. 1941-yilning yanvar oyiga qadar IIXK 6-oy aviaeskadrilyasi (Feodosiya sh.)da katta uchuvchi lavozimida xizmatni o‘taydi. 1941-yilning iyun oyidan 1943-yilning iyun oyiga qadar IIXK
8-aviaeskadrilya komandiri bo‘lgan.