IVANOV ANATOLIY NIKOLAYEVICH

   

    Podpolkovnik Ivanov Anatoliy Nikolayevich, 1916-yil 15-iyunda Qozog‘iston SSRning Kazalinsk shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1936-yilda Toshkent o‘simliklarni himoya qilish texnikumini tamomlagan.

       1937-yilning oktabr oyidan 1940-yilning oktabr oyiga qadar Baykalbo‘yi harbiy okrugidagi 108-aviatsiya bazasida xizmat qilgan va Xalxin-Golda yapon qo‘shinlariga qarshi janglarda ishtirok etadi. 1941-yilning iyul oyidan 1945-yilning sentabr oyiga qadar G‘arbiy front tarkibidagi 44-kavaleriya diviziyasining va Kalinin fronti tarkibidagi 43-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida operativ vakil yordamchisi, operativ vakil, katta operativ vakil lavozimlarida xizmat faoliyatini olib boradi. Janglarda jarohatlanib, 1941-yilning noyabr oyidan 1942-yilning mart oyiga qadar Qozon shahrida davolanadi. 1944-yilning yanvar-oktabr oylarida 1-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining 2-bo‘limi razvedka-qo‘poruvchilik guruhi tarkibida 2 marta Belorussiya va Litvaning  fashistlar tomonidan bosib olingan hududlarida maxsus topshiriq bilan dushman ichiga suqilib kirishga muvaffaq bo‘ladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 30, 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI