ISMAILOV RAXIMDJAN

          Serjant Ismailov Raximdjan, 1916-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda yengil sanoat texnikumining 4-bosqichini tamomlagan.

      1939-yildan 1942-yilning fevral oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 47-o‘qchilar diviziyasining 353-o‘qchilar polkida oddiy askar bo‘lgan. Jangda yaralanib, 1942-yilning fevral-may oylari davomida Saratov viloyatidagi evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng xizmatdan Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatiladi.