ISKAKOV SHARAFULLA GENIYATOVICH

        Kapitan Iskakov Sharafulla Geniyatovich, 1919-yil 1-fevralda Chkalov viloyatining Sakmarskiy tumanidagi Nijnie-Chebenki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Chkalov shahridagi maktabning 7-sinfini, 1956-yilda Butunittifoq yuridik institutining sirtqi bo‘limini tamomlagan.

        1940-yilning dekabr oyidan 1942-yilning noyabr oyiga qadar 2-Chkalov harbiy aviatsiya maktabi kursanti bo‘lgan. 1942-yilning noyabr oyida Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi 6-havo armiyasining 8-alohida o‘quv-mashg‘ulot polkiga o‘qchi-bombardirovkachi lavozimiga tayinlanadi. 1942-yilning dekabr oyidan 1944-yilning sentabr oyiga qadar 242-bombardirovkachilar aviadiviziyasining 661-yengil bombardirovkachilar aviapolkida o‘qchi-bombardirovkachi, 1946-yilning iyun oyiga qadar 661-tungi bombardirovkachilar aviapolkida qism shturmani sifatida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI