IRGASHEV BOIS XAMIDOVICH

 

        Polkovnik Irgashev Bois Xamidovich, 1921-yil 5-mayda Samarqand shahrida tug‘ilgan, milati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1933-yilda Samarqand shahridagi tikuvchilik fabrikasi qoshidagi fabrika-zavod ta’limi bilan bir vaqtning o‘zida shahardagi 19-sonli maktabda tahsil oladi, 1952-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        Xizmatni 1942-yilning iyun oyida 100-kavaleriya diviziyasining 263-kavaleriya polkida sanitar yo‘riqchi lavozimidan boshlaydi. 1942-yilning sentabr oyidan 1943-yilning fevral oyiga qadar G‘arbiy front tarkibidagi 8-gvardiya kavaleriyasi polkida sanitar yo‘riqchi lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilning aprel oyiga qadar 3-Ukraina fronti tarkibidagi 60-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 182-o‘qchilar polkida pulemyotchilik qiladi. 1943-yilning aprel oyidan 1944-yilning iyul oyiga qadar 3-Ukraina fronti  tarkibidagi 60-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 132-artilleriya polkida artilleriya razvedkasi komandiri lavozimida xizmat qiladi. Dnestr bo‘ylarida bo‘lib o‘tgan janglarda olgan kontuziya oqibatida 1944-yilning iyul oyidan 1945-yilning yanvar oyiga qadar 3945-sonli evakuatsiya gospitali (Samarqand sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 1945-yilning mart oyida haqiqiy harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shtiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “III darajali Shon-sharaf”, “Lenin” ordenlari, “Oltin Yulduz”, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida ko‘rsatgan sharafli mehnati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Ukrainaning fashist bosqinchilaridan ozod etilganligiga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 30 va 50 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan. “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoniga ega.

“OLTIN YULDUZ” MEDALI

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“UKRAINANING FASHIST BOSQINCHILARIDAN OZOD ETILGANLIGIGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI