GUSHINA TATYANA SAMSONOVNA

        Serjant Gushina (Fesenko) Tatyana Samsonovna, 1906-yil 9-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1924-yilda Toshkent shahridagi o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1932-yilning oktabr oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugi chegara qo‘shinlari boshqarmasida kotibalikdan boshlagan. 1934-yilning noyabr oyidan 1937-yilning mart oyiga qadar Turkmaniston harbiy okrugi IIXX chegara va ichki qo‘riqlash boshqarmalarida, 1937-yilning mart oyidan 1942-yilning dekabr oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXX qo‘shinlari shtabida kotibalik qilgan. 1942-yil dekabrdan 1943-yil iyun oylarida Belorus fronti tarkibidagi 70-armiyaning 162-o‘qchilar diviziyasi shtabida ish yuritishi bo‘yicha mudir lavozimida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI