GUSEV KONSTANTIN DMITRIYEVICH

        Podpolkovnik Gusev Konstantin Dmitriyevich, 1912-yil 10-iyunda Ukraina SSRning Xerson shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1933-yilda tog‘-geologiya instituti qoshidagi ishchilar fakultetining 3-bosqichini tamomlagan.

        1934-yil noyabr oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugi 8-kavaleriya diviziyasi kursanti bo‘lgan. O‘qishni tamomlagandan so‘ng O‘zSSR IIXX organlarida hisob-kotibchi, hisobchi yordamchisi, hisobchi, siyosiy masalalar bo‘yicha rahbar lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yil aprelda Kalinin fronti IIXX maxsus bo‘limi guruhida operativ vakil lavozimida xizmat qiladi. 1942-yilning iyul oyidan 1945-yilning aprel oyiga qadar Kalinin va Boltiqbo‘yi frontlari tarkibiga kiruvchi 47-o‘qchilar diviziyasida IIXX maxsus bo‘limi katta operativ vakili lavozimida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI