GULYAYEV BORIS PAVLOVICH

        Kapitan Gulyayev Boris Pavlovich, 1908-yil 23-martda Kuybishev viloyatining Sizran shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1932-yilda Kuybishev shahridagi kimyo-texnologiya institutining 1-bosqichini tamomlagan.

        1941-yil iyul oyida Tinch okeani Flotiga (Primorskiy o‘lkasi) qirg‘oq mudofaasining Artemovskiy sektoridagi 148-alohida artilleriya divizionida klub va kutubxona boshlig‘i lavozimida xizmat qildi. 1944-yil iyunda Tinch okeani Floti “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limiga operativ tarkibni tayyorlash kurslariga jo‘natiladi. 1944-yilning dekabr oyidan 1946-yilning sentabr oyiga qadar Tinch okeani Floti tarkibidagi 1-suvosti kemalari brigadasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida operativ vakil lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI