GRITSENKO VASILIY TROFINOVICH

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to’liq sohibi (15.05.1946)

1923-yil 3-aprel kuni (Ukraina) Dnepropetrov viloyati Mejevsk tumani Vladimorovka qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Ukrain. 7-yillik maktabni tugatgan.
Dnepropetrovskda keyinchalik 1941-1942-yillari Toshkent shaxrida paravoz ta’mirlash zavodida ishlagan. 1942-yil martdan Qizil Armiya safida. Toshkent pulemyot-minamyotchilar bilim yurtida taxsil olgan. 1942-yil avgust oyidan Ikkinchi jahon urushi frontida.
1944-yil 24-iyun kuni 160-tankga qarshi qiruvchi divizioning (1 Belorus fronti, 3-armiyasi, 169-o‘qchilar diviziyasi) 45-mm to‘pi hisob komandiri katta serjant Gritsenko Yanov (Belorussiya, Mogilyov viloyati, Bixovsk tuman) qishlog‘ida 2 ta yirik kalibirli pulemyotni va 10 ga yaqin dushman askarlarini yo‘q qiladi. 1944-yil 19-iyul kuni III-darajali “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 15-18 yanvar kunlari hisob komandiri, Pechisko aholi yashash punktlaridagi janglarda 1 ta tankka qarshi orudiyani va 8 ta otish nuqtasini yakson qiladi.
1945-yil 3-may kuni II-darajali “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlanadi.
1945-yil 28-aprel Berlin hujum operatsiyasida hisob komandiri Gritsenko Teyrov (Germaniya) aholi yashash punktida 2 ta yirik kalibrli va 2 ta qo‘l pulemyotlarini, 4 ta avtomobilni yakson qiladi. Safdan chiqqan o‘qchilar vzvodi komandirini almashtirib, dushmanni qarshi hujumini qaytarib, vzvoddan ko‘proq gitlerchilarni yo‘q qiladi.
1945-yil 5-may kuni Gentin (Germaniya) shaxri ostonasida artilleriyachilar 4 ta yirik kalibrli pulemyotlarini va 2 ta orudiyasini yakson qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Gritsenko Vasiliy Trofinovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1947-yil zahiraga bo‘shatilgan. 1992-yil 30-iyun kuni vafot etgan.

 

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI