GRISHIN YURIY MIXAILOVOCH

yefretor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (23.09.1945)

1925-yil 25-dekabrda Rostov-na-Donu shaxrida tug‘ilgan. 6-sinfini tugatgan.
1943-yil yanvar oyida Qizil Armiya safiga Samarqand harbiy komissarligidan chaqirilgan.
1943-yil matr oyidan Ikkinchi jahon urushi frontida. Karelsk frontida Petrozavodsk va Petsam-Kirkenssk operatsiyalarida ishtirok etgan.
1944-yil 3-avgust kuni qizil armiya jangchisi Grishin Yuriy Mixailovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 27-noyabr kuni qizil armiya jangchisi Grishin Yuriy Mixailovich II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 9-avgustga o‘tar kechasi yaponlar joylashgan chegara zastavasiga kirib borib, kazarma darchasidan granatalar uloqtiradi va o‘t ochish nuqtasini yakson qiladi. Chegara stantsiyasini (hozirgi Xitoyning Suyfinxe shaxri) shturm qilishda mardona harakat qilib, birinchilardan bo‘lib temiryo‘l stantsiyasiga bostirib kiradi, temiryo‘l ko‘prigini qo‘lga kiritishda ishtirok etib, uni dushman tomonidan portlatib yuborilishini oldini oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 23-sentabr Farmoni bilan “Qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda uzoq Sharqdagi janglarda ko‘rsatgan jasurligi va mardligi”, uchun yefreytor Grishin Yuriy Mixailovich I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1948-yil zahiraga bo‘shatilgan. Rastov-na Donu shaxrida yashagan. 2008-yil 3-may kuni vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI