GRIGORYAN GRIGORIY AVANESOVICH

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (15.05.1946)

1923-yil 16-mayda Turkmaniston Respublikasi Mariy viloyat Mari shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Arman. 8-sinfni tamomlagan. Samarqand shaxrida yashagan. Aviatsiya zavodida ishlagan.
1942-yildan Qizil Armiya safida. 1943-yil avgustdan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
1944-yil 20-avgustda 204-o‘qchilar polkidagi rotada minomyot bo‘linmasi komandiri Yassi shaxridagi jangda 2 ta pulimyotni, hisobi bilan yo‘q qilgan. Piyodalarning xujum jangida minomyotdan o‘t ochib 10 ga yaqin, shaxsiy quroli bilan 4 nafar dushman askarlarini safdan chiqargan. Dushman egallagan istehkomga kirib borib, pulimyotini yakson qilgan. Yaralanganligiga qaramay dushmanga o‘t ochishni davom ettiradi. 1944-yil 18-sentabrda jangdagi mardonavor harakatlari uchun III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi.
1944-yil 5-dekabrda Kmarov shaxridan 38 km janubdagi Xiroz-Bagr axoli yashash punktida, kutilmagan dushmanni o’qqa tutadi, yuzaga kelgan sarosimadan foydalanib 9 nafar dushman askarini asirga oladi. 1944-yil 28-dekabrda serjant Grigoryan Grigoriy Avanesovich II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi.
1945-yil 8-mayda Brandshtadt axoli yashash punkti yaqinida dushman xujumini qaytarishda gvardiya serjanti Grigoriy minomyotdan dushmanni o’qqa tutib, 7 nafar dushman askarini yo‘q qiladi va 23 nafarini asirga oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Grigoryan Grigoriy Avanesovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1947-yil zahiraga bo‘shatilgan.
Samarqandda yashagan, keyinchalik Stalinobodga (1961 yildan Dushanbe) ko‘chib kelgan. “Gidromantaj” boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Keyinchalik Varonejga ko‘chib kelgan. 1999-yil 16-iyulda vafot etgan va Kominternov qabristoniga dafn etilgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI